“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Filip Malrayn katolik cherkovining ruhoniysi bo‘ldi.
Britaniya OAVning xabar berishicha, 38 yashar Malrayn Irlandiyaning Dublin shahridagi ibodatxonada ishlay boshlagan.
Ma'lumot uchun: Malrayn “Qizil iblislar”ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. u birinchi jamoasi tarkibida 1996 yildan 1999 yilgacha kiritilgan. “Manchester Yunayted” tarkibida maydonga faqat bir marta tushirilgan. Boshqa klublar safida 2008 yilgacha to‘p surgan.
Manba: tribuna.uz