08:24 / 01.11.2016
4576

Obama Sudanga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

© AP Photo/ Pablo Martinez Monsivais

AQSh prezidenti Barak Obama AQShning milliy manfaatlariga xavf solinayotgani sababli Sudanga qarshi sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi, deb aytilmoqda Oq uy xabarida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, sanksiyalarni uzaytirish zaruriyati Sudan hukumati tomonidan AQSh milliy manfaatlari va tashqi siyosatiga favqulodda xavf saqlanib qolinayotgani bilan shartlangan.

Gap 1997 va 2006 yillarda kiritilgan sanksiyalar haqida ketmoqda. Bu sanksiyalar iqtisodiy va moliyaviy sohalarni qamrab olgan. Dastlab bu sanksiyalar Sudanning "terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar" qatoriga kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lgandi.

Bundan tashqari, AQShni Sudanning Darfur shahridagi vaziyat tashvishlantirmoqda. Bu yerda 2003 yildan beri hukumat qo‘shinlari va isyonchi tuzilmalar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan qaqshatqich to‘qnashuvlar yuz berib turadi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bu ixtilofda 300 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. 
 

Mavzuga oid
Top