08:55 / 01.11.2016
14355

Obama va uning rafiqasi Maykl Jyeksonning qo‘shig‘iga raqsga tushdilar

Foto: The Telegraph

AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama Oq uyda Xellouin bayramiga oxirgi marta raqsga tushdilar. Obama juftligi raqs uchun Maykl Jyeksonning Thriller qo‘shig‘ini tanladi, deb xabar bermoqda CNN.

Bu holat aks etgan rolikda Barak va Mishel Obama Jyeksonning ushbu qo‘shiqqa ishlangan klipidagi qahramonlarga monand raqs harakatlarini bajarishganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning aytishicha, harbiylarning oilalari bilan to‘lgan zal ularni jo‘shqin qo‘llab-quvvatlagan.

Sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lgan Mishel Obama mehmonlarga bir kunga o‘zi targ‘ib qiluvchi qoidalarni unutishga ruxsat berdi va turmush o‘rtog‘i bilan birga mehmonlarga shokolad konfetalari ulashdi.
 

Mavzuga oid
Top