20:14 / 02.11.2016
8752

FIFA qo‘mitasi yil murabbiyligiga nomzodlarning ro‘yxatini ma'lum qildi

Foto: FIFA matbuot xizmati

FIFA futbol qo‘mitasi 2016 yilning eng yaxshi erkak murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlarning 10 kishidan iborat ro‘yxatini ma'lum qildi.

Top-10 Xosep Gvardiola («Bavariya»/«Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Klaudio Raneri («Lester Siti»), Kris Koulmen (Uels terma jamoasi), Dide Desham (Fransiya terma jamoasi), Luis Enrike («Barselona»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Diyego Simeone («Atletiko»), Zaynidin Zidan («Real») kabi mutaxassislardan tashkil topgan.

G‘olibni aniqlash uchun o‘tkaziladigan so‘rovnomada terma jamoalar murabbiylari hamda futbolchilar (50 foiz), shuningdek, muxlislar va 200 nafardan ortiq jurnalist ishtirok etadi.

3 nomzoddan iborat yakuniy ro‘yxat 2 dekabr kuni ma'lum qilinadi. G‘olib 9 yanvar kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadigan marosimda e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Top