07:42 / 02.11.2016
11454

FQB Bill Klinton ishi bo‘yicha hujjatlarni ommaga oshkor qildi

Foto: Reuters

AQSh Federal qidiruv byurosi saytida sobiq prezident Bill Klintonni korrupsiyada gumon qilib olib borilgan tergov ishlariga oid hujjatlar joylashtirildi. 

Gap sobiq davlat rahbarining o‘z vakolatidan kelib chiqib Glencore kompaniyasi asoschisi Mark Richni afv etishi haqida bormoqda. Rich 1979-1981 yillarda Eronda garovga olishlar bilan bog‘liq inqiroz vaqtida noqonuniy bitimlarni amalga oshirgan va soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilingan. 

Rich, 2001 yil 20 yanvarda prezident Bill Klintonning vakolatlari tugashiga bir necha soat qolganida bergan buyrug‘i bilan afv etilgan edi. O‘shanda, Richning qizi AQSh Demokratik partiyasiga 1 mln dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazgani xabar qilingandi. Bu ish bilan o‘sha vaqtda prokuror bo‘lgan, ayni vaqtda FQB direktori Jyeyms Komi shug‘ullangan. Ish jinoyat tarkibi bo‘lmagani sabab yopilgan edi. 

Avvalroq, FQB Klinton ishi bo‘yicha o‘z vakolatlarini su'iste'mol qilishda gumon qilinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 

31 oktyatbrda AQSh senatidagi demokratlar rahbari FQBdan Trampning Rossiya bilan aloqasi haqida ma'lum qilishni talab qilgan edi. 

 

Top