Curiosity marsoxodi Marsning Sharp tog‘ida dumaloq shaklga ega metall meteorit aniqladi. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.
Rover meteoritni o‘tgan haftada aniqlagan. Jism Egg Rock (Tuxum qoya) deb nomlandi va diametri 4 santimetrni tashkil qiladi. Meteorit dumaloq shaklni Mars atmosferasida tushishi natijasida olgan.
Metall fazo jismi sayyora sirtida bir necha million yil yotgan. U Qizil sayyora sirtida kislorod yo‘qligi sababli yaxshi saqlanib qolgan.
NASA Curiosity marsoxodi Marsga 2011 yilda jo‘natilgan. U Marsga 2012 yil 6 avgustda Geyl krateri hududida qo‘ngan.
Sharp tog‘i Geyl krateri markazida joylashgan va 5,5 km balandlikka ega. Kraterning kattaligi diametrda 150 km dan kattaroq bo‘lib, yoshi 3,5 mlrd yil deya baholanadi. Uning tubi yemirilishga uchragan cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Qadimda kraterning eng chuqur qismlari suv bilan to‘lgan bo‘lishi mumkin.