14:52 / 02.11.2016
23352

OAV: Saudiya Arabistoni shahzodasi darralandi

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni podshohligining hukmron Al Saud sulolasi shahzodasi sud qaroriga binoan kaltaklandi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi mahalliy OAVga tayangan holda. 

Xabarlarga ko‘ra, jazo mahkum qamoqdalik vaqtida, tibbiy xulosadan so‘ng, ijro etilgan. Shahzodaning ismi va bunday jazo tayinlanishiga nima sabab bo‘lgani aniq emas. 

Oktyabr oyida podshohlik hukmron sulolasi shahzodalaridan biri yosh kishini urib o‘ldirgani uchun qatl etilgan edi. 

Top