21:56 / 03.11.2016
3419

BMT: 1,29 mln suriyalik 2016 yilda gumanitar yordam oldi

Suriyaning qamal qilingan va yetib borish qiyin bo‘lgan joylaridagi 1,29 mlnga yaqin suriyalik 2016 yil boshidan gumanitar yordam oldi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lum qildi. 

Bu maqsadda Suriyaga umumiy hisobda oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyojdagi buyumlar ortilgan 126 ta avtotransport karvoni jo‘natilgan. 1 287 750 kishi yordam olgan. Bunda "ulardan ko‘pchiligigiga gumanitar yordam bir necha marotaba yetkazilgan". Bu haqda boshqarma tomonidan chop etilgan byulletenda aytildi.

"10 apreldan Butunjahon oziq-ovqat dasturi boshchiligida Daur-az-Zorning qamal qilingan hududlariga havodan yuklarni tashlash bo‘yicha 146 ta operatsiya amalga oshirilgan", deb aytilmoqda byulletenda. Umumiy hisobda u yerga 2633 tonna oziq-ovqat va birinchi ehtiyojdagi buyumlar yetkazilgan. 9 iyuldan Suriyaning Kamishli shahriga havo orqali 5328 tonna yuk yuborilgan. Bunda gap oziq-ovqat mahsulotlari, uyni jihozlash uchun materiallar va o‘quv materiallari haqida ketmoqda. Bu maqsadda hammasi bo‘lib 149 ta aviareys amalga oshirilgan.

 

Top