21:27 / 03.11.2016
9981

Kechki dayjest: 3 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 3 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning sahifalari paydo bo‘lmoqda


Foto: «Joinfo»

Tvitter, feysbuk va instagram ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek, telegram ilovasida O‘zbekiston prezidentligi saylovida nomzod bo‘lmishlarning sahifalari ochilmoqda.

>>>  Batafsil.

Davlat mulozimlariga fuqarolarni har kuni qabul qilish majburiyati yuklandi


Foto: ex-press.by

 

O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlarida faoliyat yurituvchi rahbar xodimlariga mamlakat fuqarolarining murojaatlari va muammolari ustida jiddiy shug‘ullanish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlashning natijadorligini oshirish maqsadida 2016 yil 27 oktabrida 366-sonli qarori qabul qildi.

>>> Batafsil.

Rustam Azimov Bishkekda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi


Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Bishkekda ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi.

>>>  Batafsil.

Stiven Sigal Rossiya fuqaroligini oldi


Foto: RIA «Novosti»

Hollivud aktyori Stiven Sigal Rossiya fuqarosiga aylandi. Bu haqdagi farmon Kreml saytida e'lon qilingan.

>>>  Batafsil.

Bishkek: Prezident Poroshenko bilan kimdir hazillashgan

Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyati mamlakat rahbari Almazbek Atambayevning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lganini rad etdi.

>>>  Batafsil.

Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Foto: Reuters

Pokistonning janubidagi port shahri Karachida ikki poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohatlangan.

>>> Batafsil.

Yaponiyadagi AQSh HDK bazasi qurshab olindi


Foto: © AP

Yaponiyaning Sasebo shahrida AQSh harbiy-dengiz kuchlari bazasi, u yerda otishma ro‘y bergani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng qurshab olindi, deya xabar qilmoqda ABC News telekanali.

>>> Batafsil.

Obama butun dunyo taqdiri saylovchilarga bog‘liq ekanligini ta'kidladi


Foto: Reuters

AQSh davlat rahbari Barak Obama mamlakatning taqdiri 8 noyabr kuni  fuqarolarning amalga oshiradigan tanloviga bog‘liq ekanligini ta'kidladi.

>>> Batafsil. 

Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini nishonlash uchun taklifnomalar yuborilmoqda


Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp saylovoldi shtabi milliarderning g‘alabasiga ishonmoqda.

>>>  Batafsil.

YeIdagi eng kriminal millat nomi aytildi


Foto: Express

Navbatdagi tadqiqotlarga ko‘ra, ruminlar Yevropa Ittifoq hududidagi eng kriminal millatdir. Bu haqda Express.co xabar bergan.

>>> Batafsil.

Toshkentda yo‘lovchi marshrutka ag‘darildi


Foto: "Voditeli Tashkenta"

2 noyabr kuni tongida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida marshrutka ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. .

>>> Batafsil.

Beeline operatori 1 yil ichida 1 millionga yaqin abonentini yo‘qotdi


Foto: Beeline

Beeline aloqa operatorining O‘zbekistondagi abonentlari soni joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra 9,6 millionni tashkil etdi. .

>>> Batafsil.

«Tafsiri Hilol» mobil dasturi qayta ishga tushirildi


Foto: Kun.uz

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining asari bo‘lmish «Tafsiri Hilol»ning elektron nashri uchun rejalashtirilgan barcha imkoniyatlar to‘liq ishga tushirilgani ma'lum qilindi. .

>>>  Batafsil.

Karnegi-Mellon universitetida shaxsni yashiruvchi maxsus ko‘zoynak ishlab chiqildi


Foto: tjournal

Pittsburgdagi Karnegi-Mellon universiteti olimlari egasining shaxsini yashiruvchi maxsus ko‘zoynak yaratishdi.

>>> Batafsil.

"Lokomotiv", "Paxtakor"dan g‘alaba, "Bunyodkor" durang o‘ynadi


Foto: «Lokomotiv» matbuot xizmati

Oliy liganing 28-turi doirasidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘lgan "Lokomotiv" jamoasi 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

>>> Batafsil.

Ronaldu Varshavada o‘z o‘yini vaqtida komadan chiqqan muxlisi bilan uchrashdi


Foto: marca.com

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013 yili Portugaliya va Shvetsiya terma jamoalari 2014 yilgi jahon chempionati uchun saralash bahsini o‘tkazayotgan vaqtda komadan chiqqan David Pavlashchik bilan uchrashdi. .

>>> Batafsil.

Top