12:25 / 03.11.2016
7886

NATOning sobiq bosh kotibi AQShni "jahon jandarmi" bo‘lishga chaqirdi

Foto: © Flickr

NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning fikricha, AQShdagi prezidentlik saylovi natijasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, mamlakat rahbariyati jahondagi mojarolarni hal etishda faolroq bo‘lishi lozim. 

"Bizga xalqaro politsiyachi bo‘lgan Amerika kerak. Biz Amerikaning jahon ishlaridagi yetakchiligini o‘rnatishimiz lozim", — degan NATO sobiq bosh kotibi Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

U hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar qatorida Suriya, Iroq, Liviya va Ukraina sharqidagi vaziyatlarni tilga olgan.

"Qudratli davlatlarning dam olishga haqqi yo‘q. Atrofga qarasangiz, dunyo urush va mojarolar alangasida qolganini ko‘rasiz. Iroq parchalanish yoqasida. Liviya – Shimoliy Afrikadagi davlatchiligini yo‘qotmoqda. Rossiya Ukrainaga hujum qilayapti va Sharqiy Yevropani beqarorlashtirayapti. Xitoy o‘z kuchini namoyish etmoqda, yadro hujumlari bilan tahdid qilayotgan g‘ayriqonuniy mamlakat bo‘lgan Shimoliy Koreya", — degan Rasmussen.

"Bularning barchasi xalqaro huquq va tartibni tiklash uchun xalqaro politsiyachi kerakligini bildiradi", — deya qayd etgan Rasmussen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Barak Obama shu paytgacha "jahondagi mojarolarga barham berishda qurolli kuchlardan foydalanish yoki ular bilan tahdid qilishga qarshilik qilib kelgan".

Alyansning sobiq bosh kotibi respublikachilar nomzodi Donald Tramp prezident bo‘lishidan xavotirini yashirmagan. Uning aytishicha, bu "dunyo uchun juda xavfli" bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top