00:17 / 03.11.2016
7080

Turkiya rossiyaliklarga mamlakatga ichki pasport bilan kirishni taklif qildi

Foto: god.com

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu rossiyalik sayyohlarni Turkiyaga jalb qilishning yangi choralarini taklif qildi. Jumladan, uning aytishicha, rossiyaliklar Turkiyaga ichki pasportlari, ya'ni Rossiya pasportlari bilan kelishlari mumkin, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

"Biz rossiyalik sayyohlarda ichki pasport bilan kelish imkoniyati bo‘lishini istaymiz. Biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan bu bilan bog‘liq bir qator choralarni qabul qilish zarur", deb aytdi Chovusho‘g‘lu. 

Uning aytishicha, ayni vaqtda bo‘lg‘usi sayyohlik mavsumi rejalashtirilmoqda. Turkiya 2017 yilda Rossiyadan sayyohlarning ancha ko‘payishiga umid qilmoqda.

Sentyabrda Turkiya prezidenti Turkiya va Rossiya o‘rtasida charter aviareyslari qayta yo‘lga qo‘yilgandan keyin uning mamlakatiga 60 ming rossiyalik sayyoh kelganini ma'lum qilgandi.  

 

Top