11:24 / 03.11.2016
3989

JSST: Shaharlarda “yashil” maydonlarning ko‘pligi fuqarolar salomatligini yaxshilaydi

Foto: Klydewarrenpark.org

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo shaharlari hokimiyatlarini, imkon qadar ko‘proq yashil hududlarni barpo etishga chaqirmoqda. Gap serdaraxt bog‘ va xiyobonlar, uncha katta bo‘lmagan yashil maydonchalar haqida bormoqda. 

Yashil hududlarning shaharliklar sog‘lig‘iga ta'siri borasida (Urban green spaces and health - a review of evidence (2016)) tadqiqot o‘tkazgan mualliflarning xulosa qilishicha, bu kabi maydonlar ruhiy tushkunlikka barham berish hamda jismoniy faollik uchun imkoniyat taqdim etadi. 

Insonlarning tabiat qo‘ynida bo‘lishi turli omillar, havoning ifloslanishi, shovqin va jazirama issiqning zararli ta'sirini kamaytirishga imkon beradi. 

BMT ekspertlariga ko‘ra, shaharliklar o‘zlari istiqomat qiladigan hudud yaqinida uncha katta bo‘lmagan yashil maydonchalarga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga, ularning ta'kidlashicha, faol dam olish uchun mo‘ljallangan jamoat joylari, jumladan, sport o‘yinlari maydonchalari atrofini ham obodonlashtirish zarur. 

Bundan tashqari, yashil hududlar shaharlarni turli tabiat hodisalari: o‘ta jazirama hamda haddan ortiq ko‘p yog‘ingarchilikka nisbatan bardoshli qiladi. 

Bu kabi hududlari ko‘p bo‘lgan shaharlar aholisi esa, sog‘lomroq bo‘lgani sababli, sog‘liqni saqlash sohasiga sarf etiladigan xarajatlar ham keskin kamayadi. 
 

Mavzuga oid
Top