22:37 / 04.11.2016
10356

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017 yilda 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Foto: Getty Images

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2016 yilda yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bo‘yicha prognozni 6,5 foiz darajasida qoldirdi. Bu haqda "Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki operatsiyalari davlatlarida mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar" hisobotida aytilgan.

Bank mutaxassislari O‘zbekistonning 2017 yildagi iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqdalar. 

Bank prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda 2016-2017 yillarda inflyatsiya miqdori 9 foiz darajasida qoladi. 

O‘zbekiston hukumati esa 2016 va 2017 yillarda YaIM o‘sishi 7,8 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

 

Top