19:14 / 04.11.2016
16406

Xitoy J-20 qiruvchisini hech kimga sotmoqchi emas

Foto: Reuters

Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi (XMOA) harbiy havo kuchlari (HHK) qo‘mondoni general-mayor Ma Syaotyan XXR o‘zi ishlab chiqargan "Tszyan-20" (J-20) beshinchi avlod qiruvchisini sotmasligini ma'lum qildi. Bu haqida South China Morning Post nashri xabar berdi

Seshanba kuni Xitoy Chjuxay shahrida (Guandun provinsiyasi) bo‘lib o‘tgan Airshow China-2016 aviakosmik saloni doirasida "Tszyan-20" qiruvchisini namoyish etdi. Qiruvchini ishlab chiqarish bilan Chengdu Aircraft Industry korporatsiyasi shug‘ullanadi. 2011 yilning boshida u ilk sinov parvozini amalga oshirgan. 

"Biz J-20'ni jahon bozorida sotmaymiz", - dedi Ma Syaotyan Shenchjen televideniyesi efirida. 

XMOA HHK qiruvchining Chjuxaydagi aviakosmik salon doirasidagi namoyish parvozidan qoniqqanini ta'kidladi. "Albatta, qoniqdim. J-20'ning bu yerda namoyish qilingani juda yaxshi bo‘ldi. Biz uni ishlab chiqarishni jadallashtiramiz", - qo‘shimcha qildi Ma Syaotyan.

"Tszyan-20"dan tashqari, Xitoy beshinchi avlodning yana bir "Tszyan-31" (J-31) qiruvchisining ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymoqda. J-31 qiruvchisi ilk marta 2012 yilning 31 oktabrida havoga ko‘tarilgan, endi uning ishlab chiqarilishi yanada faollashtirilmoqda. 

 

Top