16:15 / 04.11.2016
4761

Intel kompaniyasi Voke virtual reallik ishlab chiqaruvchisini xarid qildi

Foto: The Wall Street Journal

Intel kompaniyasi Voke'ning VR-dasturini xarid qilmoqda. Bitimning moliyaviy shartlari ma'lum qilinmadi. The Wall Street Journal shu haqida xabar berdi

Voke — jonli kadrlarga asoslangan, virtual reallik texnologiyasini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kichik kompaniya. VR-ishlab chiqaruvchilarning aksariyati animatsiyani qo‘llashadi. Voke esa TrueVR nomi ostidagi tizimni yaratdi: u tasvirni real vaqtda "ilib olish" va to‘liq mavjudlik hissini paydo qilishga imkon beruvchi  dual kameralarning bir necha to‘plami va dasturiy ta'minotini ishlab chiqdi.

Hozirda Voke bir necha ko‘rsatuvlar bilan hamkorlik qilmoqda va basketbol o‘yini hamda modalar namoyishi kabi tadbirlarni translyatsiya qilmoqda. 

Kompaniyaning 2004 yilda asos solingan shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatidagi Santa-Karla shahrida joylashgan. Xodimlar shtati atigi 20 kishidan iborat. Bundan avval Intel Isroilning 3D-vi­deo texnologiyasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Replay Technologies kompaniyasini xarid qilgandi. 

Top