Iroq harbiylari Mo‘sul shahri sharqidagi 6ta kvartalni IShID jangarilaridan ozod qilgan. Bu haqda shaharni ozod etish bo‘yicha harbiy amaliyotga boshchilik qilayotgan general-leytenant Abdulamir Yaralla ma'lum qilgan.
«Aksilterror bo‘limlar bugun Mo‘sul sharqidagi Al-Malyain, As-Samah, Al-Xadra, Kirkukli, Al-Quds va Al-Karama mavzelarini ozod qilishdi», — degan u mahalliy telekanal efiri orqali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzelarda janglar tugagach, bu mavzelardagi davlat muassasalari binolarida Iroq bayroqlari ko‘tarilgan.
1 noyabr kuni Iroq armiyasi Mo‘suldagi kvartallardani birini jangarilardan to‘la ozod qilgani ma'lum bo‘lgandi.