12:41 / 04.11.2016
12811

LG’dan kuzgi sovg‘alar marafoni

Suratlar: LG

Kuz, sovg‘alar, aniqrog‘i ko‘p sovg‘alar – yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda navbatdagi promo-aksiya – «LG’dan sovg‘alar yomg‘iri»ga start beradi. Turmush sharoitingizni o‘zgartirib, yangi muzlatgich, kir yuvish mashinasi, chang yutgich, mikroto‘lqinli pech va konditsioner xarid qilmoqchimisiz? U holda bu sizning kundalik yumushlaringizga o‘zgarishlar kiritish uchun ayni muddaodir. Omadingiz kelsa, bu yumushlarni bajarishni dunyo brendining eng zamonaviy maishiy texnikasiga to‘liq topshirishingiz mumkin.

Kafolatlangan va supersovg‘alar – LG’ning yuqorida nomlari qayd etilgan biror bir maishiy texnikasini xarid qilish vaqtida sizga aynan qaysi sovg‘a nasib etadi – buni omad aniqlaydi. Shuni yodda tutish muhimki, bu safar sizga qanday sovg‘alar nasib etishidan qat'i nazar, ular uyingizga yoki ish xonangizga yangicha qulaylik olib kiradi.

«Sovg‘alar yomg‘iri» aksiyasi doirasida 10 million so‘mlik ikkita sertifikat, 5 million so‘mlik uchta, 2 million so‘mlik yettita va million so‘mlik o‘n sakkizta sertifikat o‘ynaladi. Bu miqdori cheklangan supersovg‘alar hamda ularning baxtli egalarini esa omad aniqlaydi.

Kafolatlangan sovg‘alarga keladigan bo‘lsak, ularga aksiyaning mutlaqo har bir ishtirokchisi egalik qilishi mumkin. Siz rejadagi texnikangizni xarid qilasiz va kafolatlangan bejirim oshxona idishlari to‘plamini qo‘lga kiritasiz. Eng asosiysi esa – salmoqli mukofot fondiga ega o‘yinda ishtirok eting!

Promo-aksiyada qatnashish uchun siz rasmiy kafolat bilan LG  muzlatgichi, kir yuvish mashinasi, televizori, chang yutgichi yoki konditsionerini xarid qilishingiz kerak bo‘ladi. Xarid amalga oshirilgach, uch kun ichida uni firma do‘konining promo-personalida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Shunda sizning omadli chiptangizga aylanishi mumkin bo‘lgan maxsus o‘yin kartasini qo‘lga kiritasiz. Kafolatlangan sovg‘alarni xarid rasmiylashtirilishi bilanoq olib ketish mumkin. Mevalar uchun vazalar, konfet idishlari to‘plamlari, shisha salat idishlari va ko‘plab boshqa sovg‘alar – sizni aynan qaysi kafolatlangan sovg‘a kutayotganini o‘yin kartasidagi himoya qatlamini o‘chirib, bilib olasiz.

Promo-aksiyada faqat chakana xaridorlar ishtirok etishlari mumkin. Ko‘pi bilan ikkita bir xil maishiy texnikani sotib olgan kishilar chakana xaridorlar hisoblanadi.

«Sovg‘alar yomg‘iri» aksiyasi 15 dekabrga qadar davom etadi. Bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! LG Electronics kompaniyasi barcha ishtirokchilarga a'lo kayfiyat va ezgu niyatlar ijobatini tilab qoladi!

LG internetda

Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz

Reklama huquqi asosida

Top