09:26 / 05.11.2016
13402

5 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

4 noyabr tuni va 5 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Isroillik ekspertlar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylov haqida

Arxiv surat

Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro jamoatchilikning diqqat markazida turibdi.

>>>  Batafsil.

Chilida 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi


Foto: © Flickr/ Matt Katzenberger

Chilida 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda AQSh geologik xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

>>> Batafsil.

Iordaniyada halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 3 nafarga yetdi

Foto: Google

Pentagonda Iordaniya poytaxti Amman yaqinidagi mashg‘ulot bazasida yuz bergan voqea oqibatida halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 3 nafargacha oshgani tasdiqlandi.

>>> Batafsil.

Mo‘sulda jangarilar 1,5 mingdan ko‘proq kishini garovga oldi

Foto: NTV

Iroqning Mo‘sul shahrida IShID jangarilari mahalliy aholi orasidan 1,5 ming kishini garovga oldi va ulardan havo bombardimonlari vaqtida tirik qalqon sifatida foydalanmoqda.

>>> Batafsil.

Turkiyaning Diyorbakiridagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi


Foto: RIA

IShID terrorchilik guruhi Turkiyaning Diyorbakiridagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

>>>  Batafsil.

Obama 72 nafar mahbusning muddatini qisqartirdi


Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Barak Obama 72 nafar mahbuslar muddatini qisqartirdi.

>>> Batafsil.

Stokgolm aeroportida AQSh bilan chegara paydo bo‘ladi


Foto: aerosvit.ua

Shvetsiya hukumati AQSh bilan Stokgolmning Arlanda aeroportida Amerika birlamchi chegara nazoratini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

>>> Batafsil.

WikiLeaks informatori yana o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi


Foto: © AP

AQShda qamoq jazosini o‘tayotgan WikiLeaks tashkiloti informatori, sobiq harbiy Bredli Menning bir necha oy ichida ikkinchi marta o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi.

 >>> Batafsil.

Iroqdagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi


Foto: © AP

Iroqning Kirkuk viloyatidagi portlash oqibatida 12 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

>>> Batafsil.

AQSh banklariga Shimoliy Koreyada hisob raqamlar ochish taqiqlandi


Foto: Getty Images

AQSh rahbariyati moliya vazirligi Shimoliy Koreyaga kiritgan yangi sanksiyalar doirasida AQSh banklariga Shimoliy Koreyada hisob raqamlar ochishni taqiqladi.

>>> Batafsil.

Niderlandiyada 2017 yilda plastmassadan tayyorlangan yo‘llar paydo bo‘ladi


Foto: volkerwessels.com

Niderlandiyada 2017 yil oxiriga kelib plastmassadan tayyorlangan birinchi yo‘l paydo bo‘ladi.

>>> Batafsil.

Germaniyada Mark Tsukerbergga nisbatan tergov boshlandi


Foto: Reuters

Germaniyaning Myunxen shahri prokuraturasi Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg hamda kompaniyaning bir qator top-menejyerlari – boshqaruvchi direktor Sheril Sendberg, Yevropadagi siyosat masalalari bo‘yicha vitse-prezident Richard Allan va uning berlinlik hamkasbi Yeva-Mariya Kirshziperga nisbatan tergov boshladi.

>>> Batafsil.

Top