10:43 / 05.11.2016
9566

CNN: Xillari Klinton o‘z tarafdorlari safiga yoshlarni jalb qilish uchun mashhur qo‘shiqchilar xizmatidan foydalanmoqda

Foto: nydailynews.com

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton mashhur amerikalik juftlik – qo‘shiqchi Beyonse va uning turmush o‘rtog‘i, rep ijrochi Jyey Zini o‘z tarafdorlari safiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish uchun yolladi, deb xabar bermoqda CNN.
      
Dunyoga mashhur qo‘shiqchilar Klintonning Klivlenddagi nutqi oldidan o‘z qo‘shiqlari bilan "davrani qizitishdi". Klinton bu yerda o‘zining prezidentlik dasturi tezisini taqdim qildi. Mahalliy aholining aytishicha, Klinton avval ham bu shaharga kelgan, biroq aynan Beyonse va Djyey Zining kelishi haqidagi xabar zalda tumanot odam yig‘ilishiga sabab bo‘lgan.
 
Beyonse sahnadan turib kelganlarni saylovda ishtirok etishga va o‘z nomzodi uchun ovoz berishga chaqirdi. Klintonning saylovlar bo‘yicha asosiy raqibi Donald Tramp ham shu kuni Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq so‘zladi, biroq ta'kidlanishicha, u maxsus mehmonlar"ko‘magisiz" ham zalni liq to‘ldira olgan.
 

Mavzuga oid
Top