20:49 / 05.11.2016
7897

Istanbulda politsiya namoyishchilarni suv otgichlar bilan tarqatdi

Foto: Reuters

Istanbulda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv otgich va ko‘zni yoshlatuvchi gazdan foydalandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Politsiya shu tariqa Cumhuriyet muxolif gazetasi idorasiga ketayotgan namoyishchilarning  yo‘lini to‘sgan. 

Axborot agentligi guvohlari ma'lumotlariga ko‘ra, shaharning Shishli tumanidagi ko‘chalar gaz bilan qoplangan. Shuningdek, shahar uzra politsiya vertolyotlari uchib yurgani ma'lum qilingan.

 

Mavzuga oid
Top