00:29 / 05.11.2016
4582

OPeKda Saudiya Arabistoni neft hajmini muzlatmasligi haqidagi xabar inkor qilindi

Foto: ukrinform.ru

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) bosh kotibi Muhammad Barkindoning aytishicha, Saudiya Arabistoni vakillari tashkilotning boshqa a'zolari neft qazib olish hajmini muzlatishdan bosh tortsa, neft qazib olish hajmini ko‘paytirish bilan tahdid qilmaganlar, deb xabar bermoqda Bloomberg.

"Saudiyaliklarning OPeK a'zolari bilan muzokaralardagi takliflari har doimgidek sermazmun bo‘ldi", deb aytdi bosh kotib.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Eron neft qazib olish hajmini muzlatishni istamayotgani sababli neft qazib olish hajmini oshirish bilan tahdid qilayotgani ma'lum qilingandi. 

 

Top