21:38 / 05.11.2016
4810

Oracle kompaniyasi NetSuite’ni 9 mlrd dollarga sotib olmoqda

NetSuite kompaniyasi aksiyadorlari kompaniyaning dasturlar ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi tomonidan 9 mlrd dollarga sotib olinishini ma'qulladilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Bu bitimga NetSuite aksiyadorlarining 53 foizi rozi bo‘lgan.

Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellisonga NetSuite’ning 40 foiz aksiyasi tegishli.  

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, Oracle kompaniyasi NetSuite’ning har bir aksiyasiga 109 dollardan haq to‘lagan. Bitim 2016 yil oxirigacha yopiladi.

NetSuite kompaniyasi o‘rta biznes uchun dasturlarga kirish xizmatini taqdim qiladi hamda bulutli texnologiyalar asoschisi hisoblanadi.

 

Top