08:32 / 05.11.2016
5770

Pentagon «Al-Qoida» yetakchilaridan biri o‘ldirilganiga oydinlik kiritdi

Foto: Reuters

Pentagon ma'muriyati vakili Piter Kukning bayonot berishicha, AQSh «Al-Qoida»ning Afg‘onistondagi yetakchilaridan biri Faruq al-Qahtoniyning oktabr oyida o‘ldirilganini tasdiqlaydi. Bu haqda, Reuters agentligi xabar qilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, biroq, Amerika mudofaa vazirligi Al-Qahtoniy o‘rinbosarining taqdiri nima bo‘lgani, uning o‘ldirilgani yoki yo‘qligini tasdiqlay olmaydi.

Pentagon 27 oktabrda «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti bo‘linmalaridan birining yetakchisi Faruq al Qahtoniy guruhiga dron vositasida zarba berganini ma'lum qilgan edi. Biroq, o‘shanda, vazirlik Afg‘oniston shimoli-sharqiga berilgan havo zarbasi oqibatida Qahtoniy o‘ldirilganini aniq ta'kidlamagandi. 

Faruq al-Qahtoniy Qatar fuqarosi bo‘lib, shu yilning fevral oyida AQSh tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan edi. U Yevropa va Qo‘shma Shtatlarga qarshi til biriktirganlikda ayblangandi. 


 

Top