IShID terrorchilik guruhi Turkiyaning Diyorbakiridagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, xavfsizlik departamenti boshqarmasi binosi oldida sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 100 kishi jarohat oldi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim teraktni sodir etishda gumonlanuvchi – Kurdiston ishchi partiyasi a'zosi o‘ldirilganini ma'lum qildi.