08:26 / 06.11.2016
4350

AQShning Nyu-Jyersi shtatida bosqinchilik oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Nyuark shahrida pichoq bilan hujum qilish oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va yana 3 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Esseks okrugi politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, hujum 5 noyabr kuni soat 16.00da Xedden Terres ko‘chasidagi uylardan birida sodir etilgan. Voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Politsiyada tergov olib borilayotgani ma'lum qilindi. Hujum sodir etilgan ko‘cha yopib qo‘yilgan. 

NBCNewYork’ning ma'lum qilishicha, hujum oqibatida 7 kishi jabrlangan.

 

Mavzuga oid
Top