08:16 / 06.11.2016
5211

Xitoy Yevropa Ittifoqiga migratsion inqirozni yengishda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Foto: Getty Images

Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy Yevropa Ittifoqiga migratsion inqirozni yengishda va terrorchilikka qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Migratsion inqiroz Yevropa va butun mintaqa uchun katta muammoga aylandi. Xalqaro hamjamiyat o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishi va migratsion inqirozni hal qilishning uzoq muddatli yechimlarini yaratishi kerak. Xitoy o‘z tomonidan bu masalani hal qilishda Yevropa Ittifoqiga imkoni boricha ko‘mak ko‘rsatishga tayyor. Biz o‘zaro manfaatlar maqsadida hamkorlikni kengaytirishimiz lozim", deb aytdi Li Ketsyan.

Li Ketsyan Yevropa Ittifoqi muhim global ishtirokchi ekanligini hamda Yevropa va Xitoy "turli rivojlanish darajasida bo‘lganiga qaramasdan", ular o‘rtasida ziddiyat yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi. 

 

Mavzuga oid
Top