23:47 / 06.11.2016
13077

Nemis olimlari antiqa rekord o‘rnatishdi

Foto: .dlr.de

Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi olimlari simsiz usulda axborotni uzoq masofaga uzatish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Bu haqda markaz saytida ma'lum qilindi.

Olimlar lazer uzatkich va qabul qilgich yordamida 10,45 km lik masofaga soniyasiga 1,72 terabit tezlik bilan axborot uzata olishdi. Bu miqdor bir soniyada 45 ta DVD-diskka sig‘adigan axborotni uzatish bilan barobardir. Nemislar shu tariqa uzoqda joylashgan hududlar va qishloqlarga internetga simsiz kirish imkoniyatini namoyish qilishdi.

"Biz o‘zimizga yirik shaharlardan olisda bo‘lgan hududlarga yuqori tezlikdagi internetga kirishni ta'minlashni maqsad qilib qo‘ydik va buni sun'iy yo‘ldoshlar yordamida amalga oshirish mumkinligini namoyish qilmoqchimiz", deb aytdi markaz direktori Kristof Gyunter. Ma'lumotlarni uzatish bo‘yicha tajriba Bavariyada oktabr oxirida o‘tkazilgan. 

 

Mavzuga oid
Top