21:57 / 06.11.2016
14462

OAV: Xillari Klinton va Fransiya prezidenti uzoq qarindosh bo‘lib chiqdilar

Foto: © AP Photo/Michel Euler

AQShning sobiq davlat kotibi, hozirda AQSh prezidenti lavozimiga kurashayotgan Xillari Klinton, Fransiya prezidenti Fransua Olland, qo‘shiqchilar Selin Dion va Madonna uzoq qarindosh bo‘lib chiqdilar. Siyosatchilar va qo‘shiqchilarning bir-birlariga qarindosh ekanliklarini genealogiya (shajarashunoslik) bo‘yicha mutaxassis Jan-Lui Bokarno aniqladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Mutaxassis Klintonning onasi buvisi Kvebekdan bo‘lganini, bu yerga esa Ollandning ajdodlari ko‘chib o‘tganini aniqladi. 

"Klintonning ancha uzoq ajdodlaridan biri shajarasi Fransua Olland prezidenti ajdodlari shajarasi bilan kesishar ekan", deb aytdi Bokarno.

Bundan tashqari, Klinton shuningdek, qo‘shiqchilar Selin Dion va Madonna bilan ham uzoq qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan ekan.

Mutaxassisning aytishi, Klintonning prezidentlik saylovlaridagi asosiy raqibi Donald Trampning fransuz ajdodlari yo‘q: uning bobosi va buvisi AQShga Germaniyadan migratsiya qilganlar.

Bokarno o‘zining shajaralar borasidagi xulosalarini shu haftada chiqqan "Siyosatchilar lug‘ati" (Dico des Politiques) deb nomlangan kitobida bayon qilgan.

 

Top