18:15 / 07.11.2016
3915

AQShda o‘tgan qovoqlar musobaqasida 2 kishi jarohat oldi

Foto: © RIA Novosti

AQShning Delaver shtatida o‘tgan qovoqlar musobaqasida ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni o‘tkazilgan Punkin Chunkin musobaqasida qovoqlarni otishga mo‘ljallangan havo pufagi portlab ketgan. Mexanizmning qismlari yon-atrofga uchgan va odamlarga tekkan.

Xabar berishlaricha, 39 yoshli ayol yuzi va boshidan jarohatlangan hamda vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazilgan. Uning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholashgan. Yana bir kishi yengil jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan. Ayni damda portlashga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.

Top