19:52 / 07.11.2016
17051

Andijondan Urganchga poyezd qatnay boshlaydi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Andijon shahridan Toshkentga № 94/93 tezyurar poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

«9 noyabr kuni № 94/93 tezyurar poyezdi Andijon-Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlaydi», deyilgan «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ saytida.

Poyezd haftaning chorshanba kunlari Toshkentdan soat 13:00da chiqib, Andijonga soat 19:10da yetib boradi. Andijondan Toshkentga qaytish esa haftaning shanba kunlarida amalga oshiriladi: soat 22:15da yo‘lga chiqqan poyezd yakshanba kuni ertalab soat 05:16da poytaxtda bo‘ladi.

10 noyabr kuni Andijon-Urganch yo‘nalishida №393/394 raqamli yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd Andijondan payshanba kuni soat 08:05da yo‘lga chiqib, juma kuni soat 08:00da Urganchda bo‘ladi. Xorazmdan juma kuni soat 19:20da ortga qaytgan poyezd shanba kuni soat 19:10da Andijonda bo‘ladi.

Top