11:49 / 07.11.2016
7174

Hindistonda chaqaloqlarni noqonuniy ravishda sotayotgan shifoxona xodimlari qo‘lga olindi

Foto: © Fotolia

Janubiy Hindistondagi oltita shifoxona xodimlari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarni o‘g‘irlab, befarzand oilalarga noqonuniy ravishda sotayotganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Karnataka shtati politsiyasi xabar beradi. 

Mysuru shahridagi Xususiy va davlat shifoxonalarida hamshira, laborant texnik xodim bo‘lib ishlaydigan uch erkak va uch ayol bolalar savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan katta uyushgan jinoiy guruhga aloqadorligi aniqlandi, deydi tergov xodimi Ravi Channannavar. 

"Jinoiy guruh shifoxonaga farzandini tug‘ish yoki abort qildirish maqsadida kelgan kambag‘al juftlik bilan savdolashib, ularni bolalarni dunyoga keltirishga ko‘ndirishgan. Keyin esa chaqaloqlarni o‘g‘irlashgan", - deydi Thomson Reuters Foundation.

Boshqa holatda esa, jinoyatchilar ko‘chalarda kambag‘al oilalarning farzandlarini o‘g‘irlab, ularni Bangalor kabi shaharlarda 200 000 rupiy ( 2995 dollar)dan sotishgan.

"Tadqiqotimiz natijasida 15 nafar bolalar guruh tomonidan turli befarzand oilalarga sotib yuborilganini aniqladik. Uch bolani qutqarishga ulgurdik, hozirda qolganlarni ham qidirish ishlari davom etmoqda", - deydi Channannavar. 

Joriy yilning avgustida Hindiston hukumati tomonidan ma'lum qilingan bayonotga ko‘ra, 2015 yilda odam savdosining 40 foizidan ko‘pi bolalarni sotish va ularni qul sifatida ishlatishni tashkil etadi.

"Bolalarni o‘g‘irlash katta tashkillashtirilgan jinoyatdir  va u haligacha butun mamlakat bo‘ylab tahdid solmoqda. Chennay ko‘chalarida yosh bolalarni o‘g‘irlab ketilish muammosi hanuz o‘z yechimini topgani yo‘q", - deydi Pol Sundar Singx, Chennay ko‘cha bolalari uchun notijorat markaz ishchisi.

Top