20:00 / 07.11.2016
7391

Ronaldu "Real" bilan shartnoma uzaytirganiga izoh berdi

Foto: RealMadrid.com

“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar bilan shartnomasini uzaytirganiga izoh berdi.

“Men “Real”da qolish va eng katta klub bilan tarixni davom ettirish borasida shubhalanganim yo‘q. Chempionlar Ligasidagi g‘alaba, Yevro-2016 musobaqasidagi Portugaliya bilan chempionlik, “Real” bilan shartnomani uzaytirish – bu orzu-yili. Men baxtliman va bu yerda qolishni istayman. Biroq bu mening futboldagi eng oxirgi shartnomam bo‘lmaydi. Men 41 yoshgacha o‘ynashni xohlayman”, – dedi 31 yoshli futbolchi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu “Real” tarkibida 2009 yildan beri to‘p surib keladi.

Mavzuga oid
Top