23:00 / 07.11.2016
5053

Ukraina milliy banki WebMoney, "Yandeks.Dengi" va Qiwi to‘lov tizimlarini taqiqlab qo‘ydi

Foto: dsnews.ua

Ukraina milliy banki mamlakatda WebMoney, "Yandeks.Dengi", Qiwi Wallet, "Wallet one/Yedinyy koshelek" to‘lov tizimlarini qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Xabarga ko‘ra, bunday qarorga Ukraina markaziy banki bilan xizmatlarni taqdim qilish bo‘yicha kelishilmagani sabab bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Ukraina markaziy banki WebMoney.UA davlat ichki to‘lovlar tizimi ishini ma'qullagan.

RIA “Novosti” axborot agentligiga "Yandeks.Dengi" matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, xizmat Ukrainada faoliyat yuritmaydi va butun dunyo bo‘ylab Rossiya qonunchiligiga muvofiq ravishda Rossiya markaziy banki litsenziyasi bo‘yicha ishlaydi.    

Rossiya to‘lov tizimlari Ukrainaning 31 oktabrda kuchga kirgan sanksiyalari ostiga tushdi. Ular orasida "Kolibri", "Zolotaya korona", "Yunistrim", "Mejdunarodnyye denejnyye perevody "Lider", Anelik, Blizko kabi to‘lov xizmatlari bor.

 

Mavzuga oid
Top