18:29 / 08.11.2016
5816

AQShning 20dan ortiq shtatida saylov uchastkalari ochildi

Foto: Reuters

AQShning sharqiy shtatlarida prezidentlik saylovida ovoz berishlar uchun saylov uchastkalari ochila boshladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bergan.

Hozirga kelib Florida, Delaver, Jorjiya, Massachusets, Merilend, Michigan, Nyu-Hempshir, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Janubiy Karolina va Tennesida ovoz berish boshlangan.

Bungacha Shimoliy Karolina, Ohayo, G‘arbiy Virjiniya va Vermont, shuningdek, Nyu-York, Konnektikut, Men, Nyu-Jyersi va Virjiniya, Indiana hamda Kentukkida saylov uchastkalari ochilgandi.

Dastlab Indiana va Kentukkida saylov uchastkalari yopiladi (mahalliy vaqt bilan soat 18:00da - Toshkent vaqti bilan soat 04:00). Yana 5 shtat, shular qatorida Floridada ovoz berishlar soat 19:00da to‘xtatiladi (Toshkent vaqti bilan soat 05:00).

Mavzuga oid
Top