23:36 / 08.11.2016
6169

Ibrahimovich Parij ma'muriyatidan uning haykalini Eyfel minorasi o‘rniga o‘rnatilishini so‘raganini aytib o‘tdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich PSJda o‘tkazgan to‘rt mavsumi davomida Eyfel minorasini biron marotaba borib ko‘rmaganini aytib o‘tdi. Shuningdek, Parijda o‘tkazgan xotiralarini yodga oldi.  Shuningdek, Manchester shahri borasida ham o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Men bu shahar, uning ob-havosi haqida ko‘p narsa eshitganman, hozircha hammasi yaxshi. Hozircha bu eng yaxshi shahar.  

Men Shvetsiyadanman, mening futboldan boshqa narsalardan umidim katta emas. Men – oilali yigitman. Oila men uchun birinchi o‘rinda, qolgani kamroq ahamiyatli.

PSJda o‘tkazgan to‘rt mavsumim davomida biron marta Eyfel minorasini borib ko‘rmabman. Eyfel minorasi o‘rniga meni haykalimni o‘rnatishlarini istagandim, ammo Parij ma'muriyati buni rad qildi. Agar o‘rnatsalar, borib ko‘rarmidim" - deydi Ibrahimovich.

 

Manba: tribuna.uz

Top