15:50 / 08.11.2016
5920

Iqlim o‘zgarishi tufayli Angliya janubidagi Duvr qoyalari juda tezlik bilan yemirilmoqda

Foto: Reuters

Britaniya janubiy qirg‘oqlaridagi oq qoyalar bugungi kunda bir necha ming yillarga qaraganda 10 baravar tez yemirilmoqda.

Olimlarning aniqlashlaricha, Janubiy Sasseksdagi qoyalarning yemirilishi so‘nggi 150 yil ichida yiliga 22-32 sm.ni tashkil etmoqda.  O‘tgan 7 ming yil davomida qoyalar yiliga 2-6 sm.dan yemirilib borgan. 

Glazgo universitetining Martin Xerst boshchiligidagi tadqiqotchilari shuni bashorat qilishmoqdaki, iqlim o‘zgarishi mashhur oq qoyalar yemirilishining tezlashishiga sabab bo‘lmoqda.

"Tog‘ qoyalari uning qarshisida yotgan plyajlarning qisqarib borayotgani sabab vayronaga uchramoqda", dedi Xerst.  

"Biz katta farqni ko‘rib, juda hayron qoldik. Mana qarshingizda keng plyaj, uning ortida qoyalar. Plyaj qoyalarni vayronkor to‘lqinlardan himoya qiladi. Biroq barcha plyajlar g‘oyib bo‘lgan” , - dedi Xerst Guardian nashri bilan o‘tkazilgan suhbatda.

Mavzuga oid
Top