07:54 / 08.11.2016
4406

Ispaniyaning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Ispaniyaning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalish Yevropa yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, deb aytdi Ispaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini bilan uchrashuvda.

Ispaniya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, Dastis 7 noyabrda Bryusselda Mogerini hamda xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha yevrokomissar Neven Mimitsa bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Dastis Yevropa bilan hamkorlik Ispaniya yangi hukumatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini aytdi. U shuningdek "doimiy aloqalar, hamfikrlik va hamkorlik qo‘llab-quvvatlanishini" aytdi. Uchrashuvda tomonlar Suriya, Liviya va Saxel (Afrikaning tropik savannasi) mamlakatlaridagi vaziyatni hamda Lotin Amerikasi bilan munosabatlarni muhokama qilishdi.    

3 noyabrda Ispaniyaning yangi bosh vaziri Mariano Raxoy mamlakatning yangi hukumati tarkibini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, Ispaniya tashqi ishlar vaziri 2011 yildan Yevropa Ittifoqida Ispaniya vakili lavozimini egallab kelgan Alfonso Dastis Kesedo bo‘ldi.

 

Mavzuga oid
Top