15:24 / 08.11.2016
8812

OAV: Hindiston Qurolli kuchlarini yangi jangovar texnikalar bilan boyitmoqda

Foto: AP

Hindiston Qurolli kuchlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 83ta Tejas qiruvchi samolyoti, 464ta T-90 tanki va 15ta vertolyot xarid qiladi. Ularning umumiy qiymati 670 mlrd rupiy (10 mlrd AQSh dollariga yaqin)ni tashkil etadi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qilmoqda.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, mudofaa xaridlari bo‘yicha qo‘mitaning mudofaa vaziri Manoxar Parrikar rahbarligida o‘tgan majlisida shunday qaror qabul qilingan. Qo‘mita bosh vazir Narendra Modi tomonidan e'lon qilingan "Hindistonda ishlab chiq" dasturi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash niyatida. 

Bunda, Tejas qiruvchi samolyotlarini xarid qilish muhim qaror bo‘ldi, deb xabar qiladi telekanal. Ushbu jangovar samolyotni ustidagi ishlar Hindiston respublikasida 1980 yillarda boshlangan. Uning ilk parvozi 2001 yili amalga oshirilgan. 2015 yilda Tejas jangovar safga qabul qilingan. 

Uni Hindustan Aeronautics Limited milliy aviasozlik kompaniyasi ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, Qo‘mita qaroriga ko‘ra xarid qilinadigan T-90 tanklari Rossiya litsenziyasi asosida Hindistonda Bhishma nomi bilan ishlab chiqariladi. 

Top