19:30 / 08.11.2016
8132

Perulik shamanlar Klinton, Tramp va Putin surati oldida ibodat raqsini amalga oshirishdi

Perulik shamanlar amerikalik saylovchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida Limadagi plyajda to‘planishdi va childirmalar hamda qo‘llaridagi tumorlar bilan AQSh prezidentlari portretlari qarshisida o‘z ibodatlarini amalga oshirishdi. Bu haqda Newshub xabar bermoqda.

Shamanlardan birining so‘zlariga ko‘ra, saylovda Hillari Klinton g‘alaba qozonadi.

Internetda joylashtirilgan videorolikda Hillari Klinton va uning raqibi Donald Tramp portreti bilan bir qatorda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda uning venesuelalik va kolumbiyalik hamkasblari — Nikolas Maduro hamda Xuan Manuel Santosning suratlari turganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ular bu marosimda qanday ahamiyat kasb etishlariga oydinlik kiritilmagan.

Top