08:58 / 09.11.2016
52432

9 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

8 noyabr tuni va 9 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

"Interfaks" "Admiral Kuznetsov" kemasi terrorchilarga zarba berishga tayyorlanayotganini ma'lum qildi


Foto: Wikimedia Commons

Rossiyaning O‘rta yer dengizidagi harbiy kemalari yaqin soatlarda paluba aviatsiyasi va qanotli raketalarni qo‘llagan holda Suriyadagi terrorchilarga zarba berishi mumkin.

>>>  Batafsil.

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatni folbin dugonasi bilan boshqargani ma'lum bo‘ldi

Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlar beshligiga kiradi, biroq yaqindagina mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozni hattoki bu ham yumshata olmaydi.

>>>  Batafsil.

Avstraliyada bezori o‘zini dispetcher qilib ko‘rsatib samolyotning qo‘nishiga yo‘l bermadi


Foto: © AFP

Avstraliyalik bezori Virgin kompaniyasi samolyoti uchuvchisi bilan bog‘lanib, uni qabul qiluvchi aeroport dispetcheri ekanligiga ishontira olgan.

>>>   Batafsil.

Klinton 1980 yildan beri prezidentlik saylovlari g‘olibi bexato aniqlanib kelinadigan Guam orolida g‘olib bo‘ldi


Foto: Rick Cruz, (Guam) Pacific Daily News

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Guam orolida saylovchilarning ko‘pchilik ovozini oldi.

>>>  Batafsil.

Tramp Janubiy Karolina va G‘arbiy Virjiniyada g‘alaba qozonmoqda


Foto: RIA

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp Janubiy Karolina va G‘arbiy Virjiniya shtatlaridagi saylovlarda g‘alaba qozonmoqda.

>>>  Batafsil.

Klinton Tramp tug‘ilgan Nyu-York shtatida ustunlikka ega bo‘ldi


Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton Nyu-York shtatida respublikachilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi.

>>>  Batafsil.

Iroq Kurdistonida yer tagidan noma'lum ko‘r baliqlar suzib chiqdi


Younis Sabir Abdullah

Germaniyaning Leybnits nomidagi chuchuk suv ekologiyasi instituti olimlari Iroq Kurdistonida avval noma'lum bo‘lgan ko‘r baliqlar turini aniqlashdi.

>>>  Batafsil.

Nigeriyada noma'lum kimsalar 36 nafar oltin izlovchini otib ketdi


Foto: Getty Images

Nigeriya shimolida kamida 36 nafar oltin izlovchi mototsiklda bo‘lgan noma'lum kimsalar tomondan uyushtirilgan qurolli hujum qurbonlari bo‘ldilar.

>>>  Batafsil.

Britaniyalik yongan holatda yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi


Foto: Men Media

Britaniyalik Entoni Britton o‘zini yoqib, 180 metrlik masofaga yugurishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan Britton jahon rekordini yangiladi.

>>>  Batafsil.

Vespa elektron motorollerni taqdim etdi


Foto: Motor.ru

Italiyalik motoroller ishlab chiqaruvchi Vespa kompaniyasi elektron modelni taqdim etdi. U elettrica nomiga ega bo‘ldi va ilk bor Italiyadagi EICMA mototsikllar ko‘rgazmasida namoyish etildi.

>>>   Batafsil.

Telegram’dan foydalanuvchi birinchi zararli dastur aniqlandi


Foto: © RIA

Jinoyatchilar tomonidan Telegram messenjerini qo‘llab, 5 ming rubl miqdorida pul talab qilinadigan birinchi zararli dastur aniqlandi.

>>>  Batafsil.

Ronaldu Nike bilan antiqa shartnoma imzoladi

Madridning "Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Nike kompaniyasi bilan umrbod reklama shartnomasini imzoladi.

>>>  Batafsil.

Neymar o‘z samolyotida Messini Braziliyaga olib keldi

"Barselona" hujumchisi Neymar Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun Braziliyaning Belu Orizonti shahriga yetib keldi.

>>>  Batafsil.

Top