11:24 / 09.11.2016
7663

AQSh prezidentlik saylovida Trampning shubhasiz g‘alabasi taxmin qilinmoqda

Foto: © AP

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp 95 foizlik ehtimol bilan AQShning yangi prezidenti bo‘lishi mumkin. The New York Times gazetasi, ovoz berish jarayonining dastlabki natijalariga tayangan holda shunday fikr bildirmoqda. 

Siyosatchi ayni vaqtda 244 nafar saylovchiga ega bo‘lsa, Hillari Klintonga 217 saylovchi yon bosishi aniq bo‘lib turibdi. Tramp qator “tebranuvchi” shtatlar: Florida, Viskonsin, Michigan va Shimoliy Karolinada g‘alaba qilgan. 

Nomzod o‘z g‘alabasini nishonlashi uchun 270 nafar saylovchining ovozini to‘plashi lozim. 
 

Top