23:15 / 09.11.2016
8508

AQShda saylovlardan keyin stressni bartaraf etish uchun antiqa "budka" paydo bo‘ldi

Nyu-Yorkda CBS telekanali teleboshlovchisi Stiven Kolber mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin stressni baqirib bartaraf etish uchun "baqirish uchun budka" o‘rnatdi. Bu holat The Late Show with Stephen Colbert dasturining feysbukdagi sahifasida efirga uzatildi. 

Ta'kidlanishicha, istalgan odam budkaga  kirib, saylovlar davomida o‘zida yig‘ilib qolgan salbiy tuyg‘ularni baqirish bilan tashqariga chiqarib yuborishi mumkin bo‘lgan. 

Tadbir saylovdan keyin tuni bilan davom etgan. Budka oldida kamera o‘rnatilgan. Ta'kidlanishicha, "baqiriqlar" translyatsiyasi 2 mln ga yaqin namoyish yiqqan.

 

Top