20:20 / 09.11.2016
9470

AQShdagi prezidentlik uchun saylov chog‘ida Messi bitta ovoz oldi

AQSh prezidentligi uchun saylov chog‘ida saylovchilardan kamida bir nafari «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga ovoz bergan.

Sport nashri ma'lumotiga ko‘ra, saylovchilardan biri byulletenga uning ismi-sharifini yozgan.

8 noyabr kuni AQShda umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Respublikachilardan nomzod Donald Tramp prezidentlikka saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz to‘pladi. U zarur 270ta ovoz o‘rniga 279ta ovozga ega bo‘lgan. Uning asosiy raqibi Demokratlar vakili Hillari Klinton uchun 218 saylovchi ovoz berdi.

Top