08:21 / 09.11.2016
5379

Ekzit-poll: Klinton lotin amerikaliklar o‘rtasida Trampni katta farq bilan ortda qoldirmoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQSh prezidentligi saylovlarida lotin amerikalik fuqarolar orasida o‘zining raqibi Donald Trampni 38 foiz ortda qoldirmoqda, deb xabar bermoqda saylov uchastkalaridan chiqishda uyushtirilgan so‘rovnoma natijalariga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali. 

Klinton bu toifadagi aholi orasida 65 foiz, Tramp esa 27 foiz ovoz to‘plagan.

Lotin amerikaliklar amerikalik saylovchilarning 17 foizini tashkil qiladi, ularning ovozlari bir qator shtatlarda, avvalambor saylov natijalariga muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Florida shtatida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top