07:33 / 09.11.2016
5196

Erdo‘g‘an 5 milliard dollarlik yangi elektrostansiyalar qurish loyihasini ochib berdi

yenisafak.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada qiymati 5 milliard dollar bo‘lgan yangi megaloyihaning ochilish marosimida turli xil energiya manbalari, jumladan, tuproq, quyosh, shamol, gidroelektrostansiya, geotermal, qo‘ng‘ir ko‘mir, tosh ko‘mir va tabiiy gazlardan elektr ishlab chiqarishni tilga oldi.

U Turkiya elektroenergiya bozori bir necha yil ichida Yevropada uchinchi o‘rinni egallashiga va'da berdi.

Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning birinchi atom elektrostansiyasi 2023 yillardan ishga tushadi va qolgan ikki elektrostansiyani ishlab chiqarish ishlari yaqin yillarda boshlanadi. 
"Biz mana shu uchta elektrostansiyani qurishimiz zarur", - dedi Erdo‘g‘an Turkiyaning AES loyihasini har qadamda to‘xtatishga uringan ayrim tashqi kuchlarga ishora qilib.

"G‘arbning ekologik hujumlariga e'tibor qilmang", - dedi u  va G‘arb Turkiyaga nisbatan ekologik toza bo‘lmagan elektrostansiyalardan ko‘proq foydalanishini qo‘shimcha qildi. 

U Polshada AESning 84 foizi, Germaniyada 45 foizi, Xitoyda 75 foizi, Hindistonda 73 foizi ko‘mirda ishlashini aytib o‘tdi. Shuningdek, prezident Turkiyada elektr energiyaning 22 foizi tosh ko‘mir orqali ishlab chiqarilishini eslatib o‘tdi. 

"Ularning maqsadi tabiatimizni asrash emas. Biz atom stansiyalari tomon ikki muhim qadamni tashladik. Akkuyu AES 2023 yildan ishga tushiriladi, bu vaqtda Sinopdagi yana AES ustida ishlash jarayoni shiddat bilan davom etadi. Uchinchi atom elektrostansiya ham quriladi. Biz uning ustida ham ish olib boryapmiz", - deb ma'lum qildi Erdo‘g‘an.

 

Mavzuga oid
Top