12:16 / 09.11.2016
14501

Respublikachilar Vakillar palatasida ustunlik qildi

Foto: Reuters

AQSh Respublikachilar partiyasi Kongressning quyi palatasi - Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

G‘alaba uchun ular 218ta o‘rinni egallashi lozim bo‘lardi. Hozirda ular aynan qancha o‘ringa ega bo‘lgani aniq ma'lum qilinmadi. Lekin dastlabki hisoblarga ko‘ra, demokratlar ikki palatada ham ustunlikni qaytarishga erisha olishmagan. Respublikachilar Vakillar palatasida 224 ta o‘ringa ega bo‘ldi.

Hozirgi Vakillar palatasida respublikachilar 247 ta o‘rinni nazorat qiladi. Shu tariqa, ular palatani boshqarish huquqini saqlab qoladi.

Kongressning ikki palatasi uchun saylovlar prezidentlik saylovlari bilan parallel tarzda kechmoqda.

Bundan tashqari, respublikachilar AQSh senatida ko‘p o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, respublikachilar hozircha 100ta o‘rindan 48ta, demokratlar esa 44ta o‘ringa ega bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, so‘rovlar Amerika Senatida demokratlar ko‘pchilikni tashkil qilishini ko‘rsatgandi.

Bundan oldinroq, respublikachi Jon Makkeyn oltinchi marta senator bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top