16:56 / 09.11.2016
9197

Saakashvili Donald Tramp bilan do‘st ekanini bildirdi

Foto: TACC

Ukraina Odessa viloyati gubernatorligidan iste'fo bergan Mixail Saakashvilining bayonot berishicha, u AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan uzoq vaqtdan beri yaxshi tanish. Saakashvili uning g‘alabasini taxmin qilganini ta'kidlagan.

"Men u bilan 20 yildan ortiq vaqtdan beri do‘stmiz. Men uning g‘alabasini ehtiyotlik bilan aytganman", - deb yozgan Gruziyaning sobiq prezidenti Facebook tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp - "kuchli shaxs va uning nima qilmoqchi ekanini bilib bo‘lmaydi". "Biz avvalgidan ham ehtiyotkorroq va jipslashgan bo‘lishimiz kerak", - deya fikr bildirgan Mixail Saakashvili. 

U, shuningdek, Tramp 2012 yilda Gruziyaga tashrifi chog‘ida Saakashvilini olqishlaganini ham yodga olgan. 

«Yirik mamlakatlar yetakchilari Saakashvilidan o‘rganish uchun Gruziyaga kelishmoqda. U jahon yetakchilarining eng yaxshilaridan biridir, Gruziya uning rahbarligida gullab-yashnamoqda» - degan Donald Tramp Tbilisi va Batumi shaharlariga qilgan safarida.

Top