16:13 / 09.11.2016
5890

Saylovchilar Kolumbiya okrugi AQShning 51-shtati bo‘lishi uchun ovoz berdi

Foto: Washington Post

Vashington shtati hududidagi Kolumbiya federal okrugi aholisining 80 foizi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan referendum chog‘ida ma'muriy maqomni shtatga o‘zgartirish uchun ovoz bergan. The Washington Post xabariga ko‘ra, endi Kolumbiya AQSh 51-shtatiga aylanishi mumkin.

Referendumga qo‘yilgan ma'muriy maqomni o‘zgartirish loyihasi Kolumbiya o‘zini shtat deb e'lon qilishi, biroq hukumat tuzilmalari joylashgan federal okrugni o‘z hududida saqlab qolishini nazarda tutadi.

Saylovchilar nashrga soliq to‘lovchi fuqarolar sifatida alohida shtat bo‘lish hamda Kongressda vakilga ega bo‘lishga haqli ekanliklarini aytishgan.

Ayni vaqtda bu okrugdan Kongressda vakil yo‘q, holbuki Vashingtonda 672 ming kishi istiqomat qiladi. Bu esa bir qancha shtatlar aholisidan ko‘pni tashkil qiladi. Kolumbiya okrugida Oq uy, Oliy sud, AQSh Kongressi va boshqa ko‘plab davlat muassasalari binolari joylashgan.

Referendumdan so‘ng AQSh Kongressi Kolumbiyaga shtat maqomini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi, uni parlamentning har ikkala palatasi ma'qullashi, oxirida esa unga prezident imzo chekishi kutilmoqda.

Bungacha ham okrugga shtat maqomi berish taklifi bir necha bor bildirilgan, ammo har safar rad etilgan.

Bugun mamlakat prezidenti sifatida saylangan Donald Trampga Kolumbiya okrugi bo‘yicha savol berishdi, u esa bu juda jiddiy masala ekanini aytib, aniq javob berishdan qochdi.

AQShda so‘nggi bor eng yangi shtatlar 1959 yili paydo bo‘lgan. O‘shanda Alyaska mamlakatning 49-shtati, Havayi orollari esa 50-shtatiga aylangan.

Mavzuga oid
Top