18:56 / 09.11.2016
18376

Ukraina prezidenti Trampning g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi

Foto: UNIAN

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donald Trampni AQSh prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.  

"Donald Trampni AQSh prezidenti bo‘lib saylangani va do‘stona amerika xalqini demokratik istagini bildirgani bilan chin yurakdan tabriklayman. Hech kim oxirgi ongacha saylovning natijalarini bilmasligi bu haqiqiy demokratiya timsolidir", deb aytdi Poroshenko.  

Poroshenko AQShning yangi prezidenti demokratik dunyoda global amerika yetakchiligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi va Trampni Ukrainaga kelishga taklif qildi.

Poroshenko shuningdek AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga umid bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Ukraina prezidenti AQSh tomonidan ikki muhim soha: Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshi kurashida va yirik islohotlarni amalga oshirishida qo‘llab-quvvatlov davom etishiga umid qilmoqda", deb Poroshenko bayonotiga iqtibos keltirdi axborot agentligi.

 

Mavzuga oid
Top