16:18 / 10.11.2016
17138

OAVga AQShning navbatdagi davlat kotibi nomi ayon bo‘ldi

Foto: AP

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp yangi ma'muriyat tuzishga kirishdi. New York Times nashrining ma'lum qilishicha, Davlat kotibligini katta ehtimol bilan AQSh Kongressi vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich egallaydi.

Gazeta bergan ma'lumotga ko‘ra, Tramp guruhidagi eng muhim postlarni uning atrofidagi eng yaqin tanishlari -  siyosiy maslahatchisi, Alabama shtatining senatori Jyeff Seshns, Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani,  Nyu-Jyersi gubernatori Kris Kristi egallaydi.

Politico nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Jyeff Seshns AQSh mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani bosh prokuror bo‘lishi kutilmoqda.

Top